Samolyot-motor parkining unifikatsiya qilinishi munosabati bilan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi evakuatsiyadan chiqarilgan va saqlanayotgan aviatsiya texnikasini sotadi. Bu haqda MAK rasmiy sayti xabar bermoqda.
Sotuvga qo‘yiladigan texnikalar yo‘lovchi samolyotlari, aviadvigatellar, vertolyotlardan iboratdir.
Shuningdek Тu-154М, Тu-154Б, Il-76ТD, Yak-40 rusumdagi aviatsiya texnikasi va tegishli aviadvigatellarni sotish dasturi davom etmoqda.
Ikkilamchi xom ashyo sifatida sotish uchun turli o‘lchamdagi ishlatilgan aviashinalar ham taklif etiladi.
Sotiladigan aviatsiya texnikalari to‘liq ro‘yxati bilan MAK saytida tanishish mumkin.
Izoh (0)