Venesueladagi mahalliy qamoqxonalardan birida 35 nafar mahbus dori dozasi oshirib yuborilishi natijasida vafot etdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Ma’lum bo‘lishicha, 24-noyabr kuni mahbuslar turmadagi sharoitlar yaxshilanishiga erishmoqchi bo‘lib, isyon ko‘targan. Ularning bir guruhi turma shifoxonasiga kirib olib, turli dorilarni, jumladan qandli diabet, epilepsiya (tutqanoq kasalligi) va yuqori qon bosimini davolash uchun ishlatiladiganlarini qabul qilgan.
Hukumat xabariga ko‘ra, mahbuslarning 35 nafari nobud bo‘lgan, 20 nafari komada yotibdi, yana 100 ga yaqini davolanmoqda.
Izoh (0)