Ukrainada qolgan Malayziya “Boing”i parchalari aviahalokat sabablarini o‘rganishda ahamiyatga ega emas, deya xabar bermoqda “TASS” Niderlandiya Xavfsizlik kengashi rasmiy vakili Sara Fernoyga tayanib. Uning aytishicha, tashkilotlarning halokat joyidagi ishlari yakunlangan.
“Bizda yig‘ilishi kerak bo‘lgan samolyot parchalari ro‘yxati bor edi va biz ularni to‘plab oldik”, — dedi Fernoy. Ayni paytda bo‘laklar Xarkovda, ular yaqin orada samolyotning bir qismini qayta tiklash uchun Niderlandiyaga yuboriladi. Mutaxassislar fikricha, bu fojia sabablarini o‘rganishda qo‘l kelishi kerak.
“Halokat joyida qolgan parchalar esa tergov uchun ahamiyat kasb etmaydi”, — dedi kengash rasmiy vakili.
Izoh (0)