28-noyabr kuni Toshkentda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan “2014—2015-yillarda Rossiya Federatsiyasining Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligi eng muhim masalalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Tadbirda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Javlon Vahobov, Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Chjan Sinfen, diplomatik missiyalar rahbarlari, katta diplomatlar va boshqalar qatnashdi.
Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenov Rossiya tomoni ShHTni yanada mustahkamlash va jipslashtirish, uning xalqaro pozitsiyalarini ilgari surish, Tashkilotning savdo-iqtisodiy, investitsion, ilmiy-texnik, madaniy potensialini rivojlantirish maqsadlarida o‘z raislik majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun bor kuchini ishga solishga tayyor ekanligini bildirdi.
Tyurdenovning ta’kidlashicha, ShHTdagi eng muhim masala mintaqaviy xavfsizlik bo‘lib qoladi. U shuningdek 2025-yilgacha bo‘lgan ShHT taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqish zaruriyatini tilga oldi.
Izoh (0)