2014-yilning 25-noyabr kuni Budapeshtda Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasining ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Jahon” axborot agentligi.
Tadbirda tomonlar ikki mamlakatning joriy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti haqida ma’lumot almashdi, shuningdek o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Xususan ikki tomonlama tovar aylanmasini ko‘paytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirildi.
Majlis yakunlari bo‘yicha turli soha va yo‘nalishlardagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish haqidagi kelishuvlar qayd etilgan Protokol imzolandi.
Izoh (0)