Facebook ijtimoiy tarmog‘i Britaniyalik sobiq askar Garold Morganning dafn marosimida o‘ziga xos rol o‘ynadi, deya xabar bermoqda Euronews.
Ko‘p yillar Uels Gvardiyasida xizmat qilib, so‘nggi 14 yilni qariyalar uyida o‘tkazgan Morgan 85 yoshida vafot etdi. Dafn marosimini tashkil qilgan rohib sobiq askar bilan vidolashishga hech kim kelmasligidan xavotirlanib, internetga murojaat qilishga qaror qildi: marhumning sobiq safdoshlari va boshqa tanishlarini Facebook orqali marosimga taklif etdi.
Dafn marosimiga yuzdan ortiq kishi yig‘ildi, tashrifchilarning ko‘pchiligi kichik cherkovga sig‘may ham qoldi.
Izoh (0)