Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qizil beret sohibiga aylandi, deya xabar bermoqda Tengrinews.kz.
“Harbiy shaharcha obyektlarini ko‘zdan kechirish chog‘ida Davlat rahbariga taqdirlash belgisi — qizil beret va maxsus vazifali “Berkut” bo‘linmasi belgisi topshirildi”, — deyiladi xabarda.
Xabarda eslatilishicha, 14-noyabr kuni Qozog‘iston prezidenti Milliy gvardiya tezkor brigadasi harbiy shaharchasining tantanali ochilishida ishtirok etdi. Kelajakda 2,5 ming harbiydan iborat bo‘ladigan ushbu brigadaning vazifasi Ostonada jamoatchilik xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash bo‘ladi.
Qizil beret — sobiq Ittifoq hududidagi qator davlatlarda ichki qo‘shinlarning maxsus vazifali bo‘linmalari xodimlari va harbiy xizmatchilarining formali bosh kiyimidir.
Izoh (0)