Ispaniyada yangi aksilkorrupsiyaviy reyd doirasida 32 kishi qo‘lga olindi, ularning ko‘pchiligi siyosatchilar va davlat xizmatchilaridir. Bu haqda “Yevropeyskaya Pravda” xabar bermoqda.
Amaldorlar pul “yuvishda”, firibgarlikda va davlatdan buyurtma olmoqchi bo‘lgan kompaniyalardan pora olganlikda gumon qilinmoqda.
Operatsiya hali davom etmoqda, shuning uchun yangi hibslar ham kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyada mahalliy darajadagi 51 nafar amaldor poraxo‘rlikda gumon qilinib hibsga olingani xabar berilgan edi. Ular hukumat vakolatlarini suiiste’mol qilib, so‘nggi ikki yil ichida davlatga 250 million yevro zarar keltirishda ayblanmoqda.
Izoh (0)