Yevrokomissiya Rossiya Federatsiyasi gaz narxi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda Ukrainani moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni o‘z bo‘yniga oldi. Bu haqda “Yevropeyskaya Pravda” xabar bermoqda.
Yevrokomissiya prezidenti Joze Manuel Barrozuning Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko nomiga jo‘natilgan maktubiga ushbu kafolat ilova qilingan.
Bundan tashqari, Yevropa Ukrainaga Yevroittifoqqa a’zo mamlakatlar tomonidan revers yo‘li bilan gaz yetkazib berishni ko‘paytirishda yordam ko‘rsatish mas’uliyatini ham bo‘yniga oldi.
Eslatib o‘tamiz, 30-oktabr kuni Ukraina, Rossiya va Yevropa komissiyasi Rossiya gazining Ukrainaga yetkazib berilishini qayta davom ettirish va Yevropaga uzluksiz tranzit qilinishini ta’minlashni nazarda tutuvchi qishki gaz rejasi bo‘yicha hujjatlarni imzoladi.
Izoh (0)