Ruminiyaning vakolati yaqinda tugaydigan prezidenti Trayan Besesku Moldovaga xayrlashuv tashrifini uyushtiradi va “qat’iyan” Moldova fuqaroligini talab qiladi. Bu haqda u Moldova milliy telekanali efirida e’lon qildi, deb yozadi “Yevropeyskaya Pravda”.
Besesku bu masalani bir necha kun avval prezident Timofti bilan muhokama qilganini ta’kidladi. Uning aytishicha, Moldova fuqaroligini olish u uchun katta sharaf bo‘ladi.
Nashrning eslatishicha, Beseskuning prezidentlik muddati yakuniga yetmoqda, 2-noyabr kuni mamlakatda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi.
Izoh (0)