Yevroittifoq Jahon savdo tashkilotida Rossiya bilan qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari uchun tariflar borasida tijoriy bahsga tashabbuskorlik qildi. Bu haqda “Yevropeyskaya Pravda” xabar bermoqda.
YeI Rossiyani mahsulotlarning ma’lum turlari, jumladan qog‘oz, karton, palma yog‘i, shuningdek sovitkich va muzlatkichlar uchun tariflarni oshirishda aybladi.
Jahon savdo tashkiloti qoidalariga ko‘ra, Rossiyada bahsni muzokaralar orqali hal qilish uchun 60 kun muddat bor. Ular muvaffaqiyatsiz kechgan holda YeI bahsni tashkilotga ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin.
Izoh (0)