Ukraina, Rossiya va Yevropa komissiyasi Rossiya gazining Ukrainaga yetkazib berilishini qayta davom ettirish va Yevropaga uzluksiz tranzit qilinishini ta’minlashni nazarda tutuvchi qishki gaz rejasi bo‘yicha hujjatlarni imzoladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Hujjatga Ukraina va Rossiya energetika vazirlari Yuriy Prodan va Aleksandr Novak hamda energetika bo‘yicha javobgar bo‘lgan Yevrokomissiya vitse-prezidenti Gyunter Ettinger imzo chekdi.
Bundan tashqari, “Gazprom” va “Naftogaz” mart oxirigacha bo‘lgan davrda Rossiya gazini yetkazib berish shartlarini nazarda tutuvchi shartnomaga qo‘shimcha hujjatni imzoladi.
Izoh (0)