Yevropa Ittifoqi kengashi Belorussiyaga qarshi sanksiyalarni 2015-yil 31-oktabrgacha uzaytirishga qaror qildi, deya xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda”.
YeI bayonotida ta’kidlanishicha, bunga Belorussiyada siyosiy mahbuslar ozod etilmagani, inson huquqlari himoyasi, qonun va demokratik tamoyillar ustuvorligi bilan bog‘liq vaziyatning yaxshilanmagani sabab bo‘lgan.
Shu bilan birga, 24 nafar jismoniy va 7 nafar yuridik shaxsga qarshi kiritilgan cheklovlar bekor qilindi.
YeI sanksiyalari qurol yetkazib berishga embargo qo‘yish, ichki repressiya uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan moslamalarni yetkazib berishga nisbatan cheklov, shuningdek inson huquqlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan aktivlar muzlatilishi va safar qilishning taqiqlanishini nazarda tutadi.
Izoh (0)