Yil oxirigacha Toshkent metropolitenining “Hamza” bekati nomi o‘zgartiriladi. Bu haqda, Chilonzor tumani rasmiylariga asoslanib, Podrobno.uz’ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Hozirgi vaqtda maxsus komissiya tomonidan metro bekatini qayta nomlash bilan bog‘liq masalalar o‘rganib chiqilmoqda. Xususan, komissiya bekat qanday taniqli nom bilan nomlanishi bo‘yicha takliflarni ham ko‘rib chiqmoqda.
Metropolitenning ushbu bekati nomini o‘zgartirishga qanday zarurat borligi ma’lum qilinmagan.
Ma’lumot uchun, “Hamza” bekati metroning “Chilonzor” yo‘lida nomi o‘zgarmagan besh bekatdan biridir. Qolgan yetti bekat nomi 1991-yildan keyin o‘zgartirilgan.
Avvalroq, 2014-yil sentabrida Toshkent shahridagi “Hamza” tumani nomi, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tuman aholisining taklifi bilan, “Yashnobod” deb o‘zgartirilgan edi.
Izoh (0)