Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) 2011—2015-yillarga mo‘ljallangan Orol dengizi havzasidagi mamlakatlarga ko‘mak berish bo‘yicha uchinchi dasturni amalga oshiradi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Dastur OQXJ Ijroiya qo‘mitasi tomonidan BMT, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, YeI tizimidagi tashkilotlar, shuningdek donor-mamlakatlar hamkorligida ishlab chiqilgan. Dasturga kiritilgan 300 dan ortiq loyihalarga 8,5 milliard dollar yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Dastlabki ikkita dastur 1995—2010-yillarda amalga oshirilgan.
2003—2010-yillardagi loyihalarga OQXJga a’zo mamlakatlar tomonidan 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflangan.
Izoh (0)