AQSh va Buyuk Britaniya Afg‘onistondagi so‘nggi bazalarini tark etdi, deya xabar bermoqda Rbc.ru.
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fallonning tan olishicha, Afg‘onistondagi operatsiyalar chog‘ida “ba’zi xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan”, biroq ko‘plab maqsadlar amalga oshirilgan. 2001-yilda qo‘shinlar Afg‘onistondagi Camp Bastion bazasiga joylashtirilganidan buyon 453 nafar britaniyalik harbiy halok bo‘lgan.
AQShning Afg‘onistondagi harbiy operatsiyasi ham Camp Leathernec bazasining afg‘on harbiylariga topshirilishi bilan yakunlandi. AQSh armiyasi Afg‘onistonda 2349 kishini yo‘qotdi.
Fallon Buyuk Britaniya Afg‘onistonni “institutsion taraqqiyot” va Afg‘oniston milliy harbiy akademiyasi orqali qo‘llab-quvvatlab turishini ma’lum qildi.
Izoh (0)