13-oktabr kuni O‘zbekistonda “MTS” o‘rniga ochiladigan Universal Mobile Systems kompaniyasi MyJob.uz vakansiyalar saytiga bo‘sh ish o‘rinlari haqida bir nechta e’lon joylashtirdi. Bu haqda RedPen xabar berdi.
Bular tarif siyosati guruhi rahbari, ushbu guruh mutaxassisi hamda “1C” bo‘yicha dasturchi o‘rinlaridir. Ishga joylashish uchun MyJob.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tish va tizim orqali rezyume yuborish darkor.
Kompaniyaning saytdagi sahifasida ko‘rsatilishicha, u O‘zbekistonda UMS savdo belgisi ostida 2014-yilda ochilgan.
Eslatib o‘tamiz, yangi UMS aloqa operatori O‘zbekistonda 1-dekabrdan o‘z faoliyatini boshlashi xabar berilgan edi. O‘tgan hafta Universal Mobile Systems MChJ qo‘shma korxonasi direktori etib avval “MTS” kompaniyasining Rossiyaning Oltoy o‘lkasidagi filialiga rahbarlik qilgan Dmitriy Nagorniy tayinlangani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)