2014-yilning 14-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Berlin shahrida GFR Federal kanslerining tashqi siyosat va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Kristof Hoysgen bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarining turli sohalardagi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida ikki davlatda ham siyosiy muloqotni kengaytirish va tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga katta ahamiyat qaratilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, suhbatdoshlar xalqaro miqyosdagi ba’zi muammolar, jahonda, shu jumladan Afg‘oniston va butun mintaqada kuzatilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan fikr almashishdi.
Izoh (0)