Toshkent shahrida 13—14-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan yarmarkada 580 ming tonna O‘zbekiston paxta tolasini sotib olish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha esa bir milliard AQSh dollaridan ziyod miqdordagi shartnomalar imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Anjuman doirasida o‘tgan xalqaro konferensiya ishtirokchilari qariyb 50 mamlakatdan mingdan ortiq ishbilarmon doira vakillari, ekspertlar va mutaxassislarni o‘zida jamlagan ushbu yarmarka 2014-yil jahon paxta sanoatining eng muhim tadbirlaridan biri bo‘lganini ta’kidladi.
Yarmarkaning xorijlik ishtirokchilari O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyorligi va bundan manfaatdorligini bildirdi. Ular mamlakatimiz hududlarining investitsiya salohiyati, to‘qimachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar taqdimot marosimida ishtirok etdi, shuningdek, Toshkent viloyatidagi «O‘zbekiston» paxtani qayta ishlash zavodi, “Toshkent-tola” paxta terminali va «Uztex-Chirchiq» korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Izoh (0)