Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha 2014-yilgi Nobel mukofoti bozorlar va ularning nazorati − “bozor hokimiyati” fenomenini tahlil qilgan fransiyalik Jan Tirolga nasib qildi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
Ushbu yo‘nalishdagi Nobel mukofoti 2013-yilda “aktivlar narxlarining empirik tahlili” uchun amerikalik olimlar Yujin Fama, Lars Piter Xansen va Robert Shillerga berilgan edi.
Thompson Reuters kompaniyasi bu yilgi mukofot tadbirkorlik bo‘yicha tadqiqotlqr bilan shug‘ullangan Uilyam Jek Baumol va Israel Kirznerga berilishini taxmin qilgan edi. Shuningdek, asosiy nomzodlar qatorida fransiyalik Filipp Agyon, kanadalik Piter Xauitt va amerikalik Mark Granovetter ham ko‘rsatilgan edi.
Izoh (0)