Janubiy Koreya 13-oktabr, dushanba kuni 7-oktabrdagi voqea takrorlanadigan bo‘lsa, KXDRga “shafqatsiz” javob qilishi haqida ogohlantirdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ushbu ogohlantirish Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe KXDR bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini qayta bildirgach, berildi.
Janubiy Koreya ta’kidlashicha, KXDR zarbalari 1950—1953-yillardagi Koreya urushidan keyin imzolangan yarash sulhini buzuvchi “provokatsion harakat”dir.
Eslatib o‘tamiz, 7-oktabr kuni KXDR va Janubiy Koreya harbiy-dengiz patrullari bir-biriga qarata o‘t ochgan edi. KXDR patrul kateri Koreya yarimorolining g‘arbiy qirg‘oqlaridagi bahsli dengiz chegarasini kesib o‘tganidan so‘ng, Janubiy Koreya harbiy kemasi ogohlantiruvchi o‘q otgan. Bunga javoban, Shimoliy Koreya kemasi chekinayotgan vaqtda javob o‘q otishlarini amalga oshirgan
Izoh (0)