Londondagi Honky Tonk restorani yupqa zarvaraq, dengiz qisqichbaqasi va ikra bilan bezatilgan dunyodagi eng qimmatbaho gamburgerni tayyorladi, deya xabar bermoqda The Telegraph.
Marmarsimon vagyu mol go‘shti va bug‘u go‘shtidan qilingan 1100 funt sterlinglik taomni tayyorlash uchun uch hafta vaqt ketdi. U Record Setters tomonidan dunyodagi eng qimmat gamburger deb e’tirof etildi.
Honky Tonk restorani o‘z pazandalik ijod mahsulini “Glamburger” deb atadi. Unga ketgan sarf-xarajatni qoplash uchun restoran yangi gamburgerni tansiq taomlardan iborat shved stoli taomnomasiga kiritishga qaror qildi.
Izoh (0)