Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7-oktabr, tug‘ilgan kunida o‘ziga ta’til oldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonotiga tayanib.
“Bugun u Sibirga, Sibir taygasiga uchib ketadi… Prezident (tug‘ilgan kunida) dam oladi”, — dedi Peskov.
Uning aniqlik kiritishicha, davlat rahbarining tug‘ilgan kuniga “hech qanday xizmat yoki rasmiy tadbirlar rejalashtirilmagan”.
“Qo‘ng‘iroq qilmoqchi yoki telegramma jo‘natmoqchi bo‘lganlar, har yilgidek buni amalga oshirishlari mumkin. Biz samimiy tilaklar bitilgan juda ko‘p maktublar, tabriknomalar olamiz”, — deya qo‘shib qo‘ydi Peskov.
Nima sababdan Putin tug‘ilgan kunida birinchi marta dam olishga qaror qilgani haqidagi savolga javoban, Peskov uning ish grafigi har yili shu kuni turli xizmat tadbirlari bilan band bo‘lishini, bu yil esa prezidentning kun tartibi safarlar va parvozlar bilan yanada tig‘iz ekanligini ta’kidladi. “U bu yil o‘z tug‘ilgan kunini shunday nishonlashga qaror qildi”, — dedi Peskov.
Izoh (0)