AQSh sobiq prezidenti kichik Jorj Bush ukasi Jebning siyosiy rejalarini tasdiqladi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Today Fox News’ga tayanib. U 2016-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ehtimoliy nomzodlardan hisoblanadi.
“O‘ylashimcha, u prezident bo‘lish istagida”, — dedi kichik Bush telekanalga bergan intervyusida. Shu bilan birga, sobiq prezidentning ta’kidlashicha, Jeb Bush ushbu masala bo‘yicha yakuniy qarorga kelganicha yo‘q.
“U juda ehtiyotkor odam, u o‘z imkoniyatlarini chamalab ko‘radi”, — deya qo‘shimcha qildi Jorj Bush.
Jeb Bush 1953-yilda Texasda tug‘ilgan. 1980—1990-yillarda u Florida shtatida siyosiy karyerasini olib borgan. 1999-yilda shtat gubernatoriga aylanib, 2007-yilgacha ushbu lavozimda qolgan.
Kichik Jorj Bush o‘z ukasini ko‘p marta 2016-yilgi saylovlarda qatnashishga da’vat etgan.
Izoh (0)