Liberiyada Ebola virusini yuqtirib olgan AQShning NBC telekompaniyasi operatori o‘z yurtiga qaytmoqda, deya xabar berdi Euronews.
Shifokorlar uning Ebola bezgagi bilan kasallangan bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamkasblarini ham ko‘rikdan o‘tkazmoqda.
Avvalroq yana bir AQSh fuqarosi Ebolaga chalingani haqida xabar tarqalgan edi. Texas shtatining Dallas shahrida yashovchi Tomas Dunkan Liberiyaga sayohati davomida ushbu virusni yuqtirib olgan, biroq bu AQShga qaytib kelganidan bir hafta o‘tibgina ma’lum bo‘lgan. Bu vaqt davomida Dunkan 18 kishi bilan aloqada bo‘lgan, ularning ichida bolalar ham bor.
Dunkanning o‘zi shifoxonada og‘ir ahvolda yotibdi.
Izoh (0)