Yevropa komissiyasi Facebook ijtimoiy tarmog‘i tomonidan WhatsApp mobil messenjeri 19 milliard dollar evaziga sotib olinishini ma’qulladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Avvalroq yevropalik nazoratchilar ko‘hna qit’ada AQShning yuqori texnologiyalar bo‘yicha kompaniyalarning kuchayib ketishidan xavotirga tushib, ushbu shartnomani ma’qullamagan edi. Yevropa Komissiyasi iyul oyidayoq boshqa raqobatchi kompaniyalarga xatlar yo‘llab, bu bitimning monopoliyaga qarshi qonunchilikning buzilishi mavzusi bilan tekshirishni boshlagan edi.
Facebook may oyida keyinchalik mintaqaning alohida davlatlarida yana tekshiruvlarga duch kelishning oldini olish uchun Yevropa Ittifoqiga bitimni baholash to‘g‘risida so‘rov jo‘natgan edi. Kelishuvning o’zi haqida esa 2014-yilning fevral oyida e’lon qilingan edi.
Izoh (0)