O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosarini tayinladi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Davron Nazarmuhammedov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
U bu lavozimda o‘tgan yilning dekabridan buyon ishlab kelgan Rahmat Mamatov o‘rnini egalladi.
Bungacha Davron Nazarmuhammedov O‘zbekiston Prezidenti Apparatida ishlagan. Avvalroq u IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimini egallagan.
Izoh (0)