Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili o‘z sevgan ayoli Maka Chichuaga uylandi, deya xabar berdi Segodnya.ua.
Nikoh marosimi Dusheti shahrida bo‘lib o‘tdi, u yerda 45 yoshli prezidentning dala hovlisi joylashgan.
To‘y haqidagi xabarni “Imedi” telekompaniyasi va Maka Chichuaning o‘zi ham tasdiqladi.
Nashrning ta’kidlashicha, Maka Chichua rassom va vizajistdir. U bir necha yillar davomida Margvelashvili bilan fuqarolik nikohida bo‘lgan, yozda esa ular farzand kutayotgani haqida xabarlar tarqagan.
Gruziya prezidentining avvalgi oilasidan bir qizi bor.
Izoh (0)