O‘tgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan auksionda kiyevliklar yaralangan askarlarni davolash uchun 20 ming grivnadan ortiq pul to‘pladi, deya xabar bermoqda Segodnya.ua.
Kimoshdi savdosida eng talabgir lot Kiyev meri Vitaliy Klichkoning dastxatli boks qo‘lqoplari bo‘ldi. Yarmarka tashkilotchilaridan birining aytishicha, qo‘lqopni bir kishi o‘zining 11 yoshli o‘g‘li uchun 1150 grivna evaziga sotib olgan, uning boshlang‘ich narxi atigi 300 grivnaga teng bo‘lgan.
Auksionda shuningdek Kiyevdagi badiiy maktablardan birining o‘quvchilari qalamiga mansub o‘nta surat ham pullangan. “Ularda bolalar Ukraina manzaralari va Sharqda jang qilayotgan askarlarimizni aks ettirgan”, — dedi tashkilotchilardan biri.
Izoh (0)