Hindiston va Pokistondagi suv toshqinlarida halok bo‘lganlar soni 440 kishidan oshib ketdi. Yana bir yarim million aholi zarar ko‘rdi. O‘n minglab uylarga ziyon yetgan, elektr va aloqa uzilgan, poyezdlar harakatlanishdan to‘xtagan.
Vesti.ru xabar berishicha, ba’zi aholi punktlarida suv sathi to‘rt metrga yetadi. Bir qavatli binolar to‘liq suvga ko‘milgan.
Hukumat falokat yuz bergan hududlarga qayiq va vertolyotlarda dori-darmon va oziq-ovqat yetkazib bermoqda. Jarohatlanganlarga shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilmoqda. Jabrlanganlar vaqtinchalik chodirlardan tashkil topgan lagerlarga joylashtirilmoqda.
Izoh (0)