Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov xabar berishicha, 9-sentabr, seshanba kuni Rossiya va Ukraina prezidentlari telefon orqali “qiziqarli va mazmunli suhbat” qurdi, deb yozadi Segodnya.ua.
“Umuman olganda, biz tomondan ham, Ukraina tomonidan ham o‘t ochishni to‘xtatish rejimining amal qilinishi yuzasidan qoniqish bildirildi. Biroq har ikkala tomon ham jarayonning murakkabligi va hammasi ham yuz foiz silliq ketmayotganini tushunadi”, — dedi Ushakov.
Avvalroq Rossiya prezidenti yordamchisi Kiyev sanksiyalari Kremlning “Ukraina tangligi”ga yondashuviga ta’sir ko‘rsatmasligini aytgan edi.
Nashrning eslatishicha, 5-sentabr kuni Minskda Kontakt guruhi Kiyev vaqti bo‘yicha 18:00 dan Ukraina sharqida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqida bayonnoma imzolagan edi. Hujjat 12 ta punktdan iborat bo‘lib, harbiy asirlar almashinuvi, gumanitar yordam bilan ta’minlash, chegarada o‘t ochishni to‘xtatish rejimini monitoring qilish kabilarni nazarda tutadi.
Izoh (0)