Rossiyada 19-asrning eng kuchli rus shaxmatchilaridan biri Sergey Urusov xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat musobaqasi o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Cdsh.ru.
Turnirning “A” guruhida o‘zbekistonlik FIDE ustasi Elbek Aliqulov g‘olib bo‘ldi. Musobaqa davomida u turnir jadvalida yetakchilik qilmagan bo‘lsa-da, beshinchi bosqichda Dmitriy Losevdan mag‘lubiyatga uchragach, ketma-ket to‘rt marta g‘alaba qozondi va yakuniy ro‘yxatning birinchi pog‘onasiga chiqib oldi. Bungacha Elbekning hisobida 7 ochko to‘planib qolgan edi, bu borada u musobaqa ishtirokchilari o‘rtasida yetakchilik qildi.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, 6-sentabr kuni Aleksandr Petrovich Kazansev xotirasiga bag‘ishlangan yangi shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)