Ukraina g‘arbida Rapid Trident (“Uch ayrili tezkor nayza”) Ukraina-Amerika harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda “Segodnya”.
Polsha bilan chegara yaqinida bo‘lib o‘tadigan mashg‘ulotlarda g‘arb mamlakatlarining mingdan ortiq harbiy xizmatchilari qatnashadi.Ular NATO Ukrainani nizolarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy aralashuvsiz qo‘llab-quvvatlayotganiga guvoh bo‘lishini ko‘zlab jalb etilgan.
Mashg‘ulotlar dastlab iyul oyiga rejalashtirilgan, biroq mamlakat sharqidagi tanglik tufayli ortga surilgan edi.
Nashrning eslatishicha, Ukraina hukumati yaqinda 2014-yil uchun Ukraina—NATO hamkorlik dasturini ma’qulladi.
4—5-sentabr kunlari esa Britaniyadagi Nyuportda Ukrainadagi vaziyatga bag‘ishlangan NATO sammiti bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)