O‘zbek estradasining go‘zal va latofatli vakilalaridan biri Rayhon muxlislari uchun yangi tuhfa tayyorladi, deb xabar bermoqda Popcorn.uz.
Bundan avvalroq e’lon qilingan Rayhonning “Ne bo‘lar?” nomli taronasiga ishlangan videoklipning rasmiy tizeri muxlislar e’tiboriga havola etilmoqda.
Barchani birdamlikka chorlayotgan Rayhon mazkur klipi orqali hamjihatlikni tarannum etadi. Oddiy insonlar bilan hamjihatlikda tayyorlangan videoning tizerida ko‘plab chehralar ishtirok etgan.
Davlat Arabshoyev va Rayhonning birgalikdagi mehnatiga tez kunlarda baho berishingiz mumkin.
Izoh (0)