Amerikalik qo‘shiqchi Jennifer Lopes Fuse musiqiy telekanalining rasmiy xo‘jayiniga aylandi, deya xabar berdi “Segodnya”.
Xonandaga sheriklik asosida tegishli bo‘lgan va u ijodiy direktor bo‘lib ishlaydigan NUVOtv kompaniyasi Fuse telekanalini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni nihoyat yakunladi. Xarid Jenniferga 226 million dollarga tushdi.
Fuse’ning avvalgi egasi — The Madison Square Garden kompaniyasi o‘zida kanalning 15 foiz aksiyalarini qoldirdi, biroq barcha asosiy qarorlarni endi NUVOtv menejerlari qabul qiladi.
Yangi xarid yordamida Jenniferning telekompaniyasi o‘z tomoshabinlari auditoriyasini 73 million kishiga kengaytirmoqchi. Qo‘shiqchining o‘zi ham Fuse’ni rivojlantirish ishlarida faol ishtirok etmoqchi. Uning qo‘shiqlari esa ushbu kanaldagi ko‘rsatuvlarda fon sifatida ishlatiladi.
Izoh (0)