Toshkentda Koreys qo‘shiqlari tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Lolita Vagapova Gran-pri sovrindoriga aylandi. U 2014-yil oktabrda Koreya Respublikasida bo‘lib o‘tadigan K-POP World Festival xalqaro tanlovida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
Bu yil koreys qo‘shiqlari tanlovi Toshkentda uchinchi marta o‘tkazildi. 2013-yilda ushbu tanlovda “Alladin” guruhi yutgan edi. Poytaxtlik o‘smir qizlardan tashkil topgan “Alladin” guruhi Korean POP World Festival 2013 musiqiy tanlovida Gran-pri sovrindori bo‘lgan.
Respublikada o‘tkazilgan K-POP tanlovi Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil qilindi.
Izoh (0)