Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishida favqulodda holat sodir bo‘ldi, deya xabar berdi UzDaily Transport-centre nashriga tayanib.
Voqea 19-avgust kuni 15:00 atrofida ro‘y bergan. Poyezd “Pushkin” va “Buyuk Ipak yo‘li” bekatlari orasidagi tunnelda tutab ketgan va to‘xtagan.
Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, mashinist tutun chiqayotganini payqab, poyezdni to‘xtatgan. Metropoliten va militsiya xodimlari yo‘lovchilarni evakuatsiya qilgan. Odamlar yaqin oradagi chiqish yo‘liga relslardan piyoda o‘tib borishlariga to‘g‘ri kelgan.
Hozircha tutun nima sababdan paydo bo‘lgani noma’lum. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida hech kimga zarar yetmagan. Rasmiy idoralar bu borada izoh berganicha yo‘q.
Izoh (0)