17-avgust kuni Sankt-Peterburgdan Toshkentga yo‘l olgan Airbus A320 samolyoti Pulkovo aeroportidan uchib ketgach, Ladoga ko‘lining janubiy qismi ustida bir necha soat davomida aylanib turdi, so‘ng aeroportga qaytib qo‘ndi.
Fontanka.ru “Rossiya” aviakompaniyasiga tayanib xabar berishicha, samolyot “gidrotizim faoliyatidagi nosozlik tufayli” havo kemasi kapitani qarori bilan Pulkovo aeroportiga qaytgan.
“Vaziyat favqulodda xususiyat kasb etgani yo‘q. Qo‘nishning xavfsiz kechishini ta’minlash uchun yoqilg‘ini sarflab tugatdik. Bir soat ichida parvozni qaytadan amalga oshirdik”, — dedi “Rossiya” aviakompaniyasi vakili.
Izoh (0)