Avstraliyaning Iqtisodiyot va tinchlik instituti (The Institute for Economics and Peace) Dunyo tinchliksevarlik ko‘rsatkichini e’lon qildi. Unga 162 mamlakat kiritilgan bo‘lib, O‘zbekiston 104-pog‘onadan o‘rin oldi.
Reytingda Islandiya yetakchilik qilgan bo‘lsa, Suriya uni yakunlab berdi. Turkmaniston 95, Qozog‘iston 103, Qirg‘iziston 125, Tojikiston 126-o‘rinlarni egalladi.
Ro‘yxatda Ukraina 141-pog‘onaga joylashtirilgan bo‘lsa, Rossiya 152-o‘rinni band etdi.
Shuningdek, tinchliksevarlik bo‘yicha AQShdagi vaziyat 101-o‘ringa, Shimoliy Koreyadagi holat 153-o‘ringa loyiq deb topildi. Janubiy Korey esa ulardan ancha yuqorida — 52-o‘rinda joylashdi.
Dunyo tinchliksevarlik indeksi 2007-yildan buyon tuzib kelinadi. G‘oyaga avstraliyalik tadbirkor Stiv Killelea mualliflik qilgan. Bu g‘oya AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter va Dalay-lama tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Izoh (0)