Ukrainada o‘zbek milliy taomlari tortiladigan choyxona ochilib, unga “Eshak” deb nom berildi. Uning egalaridan biri taniqli shoumen Sergey Svetlakovdir.
Restoran rasmiy saytida keltirilishicha, “o‘zbek taomlariga ishqi tushgan” shoumen Sergey Svetlakov va restorator Aleksandr Orlov toshkentlik bosh oshpaz bilan hamkorlikda ushbu restoran uchun taomnoma tuzgan.
“Eng tansiq va ‘to‘g‘ri’ tayyorlangan taomlar har qanday ovqat shinavandasiga ma’qul tushadi. ‘Eshak’ restoranining ba’zan asliga muvofiq, ba’zan yevropacha ta’m bilan boyitilgan o‘zbek taomlari sizni sharqona sehr va mehmondo‘stlik muhitiga eltadi”, — deyiladi restoran saytida.
Qayd etilishicha, choyxonada xilma-xil turdagi choylar, vegetarianlik taomlari, sushi, bolalar taomlari va banketlar uchun taomlar, shuningdek Sharq chilimi ham tortiladi.
Izoh (0)