Apple kompaniyasi yaqindagina 70–80 million dona iPhone 6 smartfonlarini ishlab chiqarishni buyurtma qilgani haqida mish-mish e’lon qilingan edi.
Phonearena.com saytining ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashrining xabar berishicha, buning natijasida iPhone’ga raqib smartfonlarning narxi 5 foizdan 10 foizgacha oshishi mumkin. Chunki smartfon ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar katta hajmda iPhone 6 tayyorlashga safarbar qilingan bo‘lsa, boshqa smartfonlarning ishlab chiqarilishi susayadi. Bu esa talab bor paytda taklifning kamayishini, shuning uchun mahsulot narxi ko‘tarilishini bildiradi.
Masalan, Apple kompaniyasi mahsulotlarini eng katta ishlab chiqaruvchisi – Foxconn kompaniyasi iPhone’dan tashqari Nokia, Motorola, Microsoft, Sony, BlackBerry kabi kompaniyalarning smartfonlarini ham ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Apple’ning rekord darajada iPhone 6 ishlab chiqarishni buyurtma qilishi esa boshqa smartfonlarning ishlab chiqarilishini kamaytiradi.
Kuzda iPhone 6 taqdimoti bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, iPhone 6 bilan bir mavsumda Sony Experia Z3, Samsung Galaxy Alpha, BlackBerry Passport smartfonlarining taqdimoti ham bo‘lishi rejalashtirilgan.
Qiziq, Apple’ning katta hajmdagi buyurtmasi boshqa smartfonlar narxiga qanday ta’sir ko‘rsatar ekan :)
Izoh (0)