Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Boing” halokati bo‘yicha tergov ishlari uchun “qo‘lidan kelgan barcha narsani” qilish niyatini bildirdi. Bu haqda Ukrainaning “Segodnya” nashri xabar berdi.
Putin Moskva o‘z obro‘sidan foydalanib, Malayziyaning “Boing”i halokati to‘liq o‘rganilishini ta’minlash uchun ayirmachilarga ta’sir o‘tkazishga va’da berdi.
“Bizdan Ukraina janubi-sharqidagi ayirmachilarga ta’sir o‘tkazishni so‘rashmoqda. Qo‘limizdan kelganini albatta qilamiz”, — dedi Putin Xavfsizlik kengashi majlisida.
Izoh (0)