Isroil HAMASni G‘azo sektoridagi fuqarolardan jonli qalqon sifatida foydalanayotganlikda aybladi va bu Jeneva konvensiyasini qo‘pol ravishda buzishini aytdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
G‘azo shahrining shimolida tinch aholi orasida ko‘p yo‘qotishlar bo‘layotganiga izoh berar ekan, Isroil harbiylari aholini xavfli hududni uch kun ichida tark etishga chaqirganini, biroq HAMAS radikallari odamlar ko‘p to‘plangan joyga o‘z raketa va qurol-yarog‘larini joylayotganini aytdi.
Nizoning yangi bosqichi boshlanganidan buyon 600 dan ziyod falastinliklar halok bo‘lgan, yana 3 mingdan ortig‘i yaralangan. G‘azo sektoridagi shifokorlar zarar ko‘rganlarga yordam berish uchun dori-darmon, xodimlar va asbob-uskunalar yetishmayotganidan shikoyat qilmoqda.
Isroil hukumati HAMAS infratuzilmasini yo‘q qilish va tunnellarni buzib tashlash uchun “Mudofaa chizig‘i” operatsiyasini davom ettirish niyatini bildirmoqda.
Izoh (0)