KXDR hukumati Xitoyga murojaat qilib, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni masxara qiluvchi videolavhani internetdan o‘chirib tashlashni so‘radi. Bu haqda Huffington Post xabar berdi.
11-iyulda YouTube’ga qo‘yilgan uch daqiqalik lavhada KXDR rahbarining boshi redaktor yordamida turli komediyali roliklar qahramonlari tanalariga o‘rnatilgan. “Kim Chen In” unda raqsga tushadi va “Barak Obama” obrazidan tepki yeydi.
Shimoliy koreyalik mansabdorlar klip Kim Chen Inning obro‘yi va avtoritetiga jiddiy ta’sir qilishini aytib, rolik yuklangan hudud — Xitoyga uni o‘chirib tashlash iltimosi bilan murojaat qilgan. Ushbu vieolavhadan OAV xabar topgach, u internetda yanada shiddat bilan tarqala boshladi. Rolik ayni paytgacha deyarli 1,5 million marta ko‘rilgan.
Izoh (0)