Avval xabar berganimizdek, 19-iyul kuni Namangan viloyati Chust tumanida joylashgan Oshxona.Uz tamaddixonasida mumtoz musiqa oqshomi bo‘lib o‘tdi.
“Musiqiy kechada xalqimiz ardog‘idagi sozanda, xonandalar ishtirok etishdi. Salkam ikki soat davom etgan ushbu kechada Chust ahli miriqib hordiq chiqarishdi, — deydi tadbir tashkilotchilaridan biri Bahriddin Chustiy. — Tashrif buyurganlar Husniddin Ato, Shavkat Matyoqubov, Ziyodjon Changiy, Azamat Ergashevlardan bu yerda kelgusida ham o‘z san’atlari bilan yurtoshlarimizni yana bahramand etishlarini iltimos qilib qolishdi”.
“Mumtoz musiqa oqshomi” loyihasi muallifi Husniddin Ato navbatdagi musiqiy kecha Chust shahridagi o‘tishini ta’minlagan Oshxona.Uz ma’muriyatiga va xususan Chustiyga o‘z minnatdorchiligini bildirib qoldi.
“Kecha davomida muxlislarni kuzata turib, xalqimizning milliy musiqamizga, milliy cholg‘ularimiz ovoziga naqadar tashna ekanligiga yana bir bor guvoh bo‘ldik”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Mumtoz kechasi avvalroq Toshkentdagi Book Café’da o‘tkazilgan edi. Bunday kecha vodiyda ham ilk marotaba tashkil qilindi
Izoh (0)