O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18-iyuldagi farmoni bilan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimiga Davron Hidoyatov tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Gazeta.uz yozishicha, qo‘mitaning yangi rahbari bungacha JV Man Auto-Uzbekistan O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasida bosh direktor bo‘lib ishlagan.
Raqobat qo‘mitasining avvalgi rahbari Aziz Abduhakimov Prezidentning 8-iyuldagi farmoni bilan mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri lavozimiga tayinlangan.
Izoh (0)