Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” (“Toshkent haydovchilari”) guruhi foydalanuvchisi Toshkentdagi tramvay relslari va baland to‘siqlarga olib boruvchi piyodalar o‘tish joylari aks etgan suratlarni joyladi.
“Qanday mantiq asosida ‘zebra’larni bunday joylarga o‘rnatish mumkin? — deya qayd etdi foydalanuvchi. — To‘g‘ri, piyodalar yo‘lakchasi svetofor yonida bo‘lishi kerak, lekin u beton to‘siq va tramvay izlariga olib bormasligi kerak”.
Postga yozilgan izohlarda guruhning boshqa a’zolari ham bunday holatlarga ko‘p duch kelishini yozib, isbot sifatida ko‘plab rasmlar ilova qilgan. Ulardan biri bunday suratlarni hokim nomiga shikoyat sifatida yuborish kerakligini yozgan. Yana bir foydalanuvchi My.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga shikoyat qilishni taklif etgan.
Guruh a’zolaridan biri bunday xatoliklar albatta to‘g‘rilanishi zarurligini, boshqasi esa bunday yo‘laklar bolali piyodalar va aravada harakatlanuvchilar uchun katta noqulayliklar keltirib chiqarishini qayd etgan.
Izoh (0)