Beeline aloqa operatori internet paketlariga yangi narxlar joriy qildi. Shu bilan birga internet-paketlar hajmi ham o‘zgartirilgan. Bu haqda Mobinfo.uz sayti xabar berdi.
Avval eng kichik hajmdagi internet paketi 30 Mb bo‘lgan va u 1$ narxda sotilgan. Endilikda esa eng kichik paket 35 Mb va uning narxi 1,2 dollarni tashkil etadi.
Eng qimmat internet paketi hajmi 3500 megabaytdan 3700 megabaytga oshgan va narxi ham 25 dollardan 27 dollarga ko‘tarilgan. Shu bilan 1 Mb narxi taxminan 2,2 foizga oshgan.
Izoh (0)