Ukraina prezidenti Poroshenko mamlakat sharqidagi yarash rejimini to‘xtatishga qaror qildi, deya xabar bermoqda Euronews.
Biz hujum qilamiz va o‘z yerimizni ozod etamiz”, — dedi Poroshenko. U qon to‘kilishini to‘xtatish imkoniyatidan foydalanilmaganini tan oldi, biroq o‘zining ishontirishicha, u Ukraina va Donbass uchun strategiya sifatida o‘z tinchlik rejasidan voz kechmoqchi emas.
Prezident qurolni tashlab taslim bo‘lganlarni jinoiy javobgarlikdan ozod etishga yana bir bor va’da berdi. “Tinch aholiga nisbatan ham kuch ishlatilmaydi”, — deya ta’kidladi u.
Poroshenko Donetsk va Lugansk viloyatlari fuqarolariga murojaat qilib, Donbassga xavfsizlikni qaytarishda hamkor bo‘lishga chaqirdi.
Izoh (0)