Joriy yilning 16-iyunidan dunyodagi eng ommabop yangilik telekanallaridan biri — Euronews O‘zbekistonning Artel kompaniyasini reklama qila boshladi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
Maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi Artel imiji haqidagi videolavha har kuni ertalabki va kechki vaqtlarda efirga uzatilmoqda.
Reklama roligining dastlabki translyatsiyasi joriy yilning avgust oyi o‘rtalarigacha davom etishi rejalashtirilgan.
Nashrning eslatishicha, Artel savdo belgisi O‘zbekiston bozorida uch yil avval paydo bo‘lgan. U o‘z mahsulotlarining MDH, Yevropa, Yaqin va Uzoq Sharq kabi dunyoning yirik bozorlariga eksportini ko‘paytirmoqchi.
Izoh (0)